Internetsiz ishlaydi
Ma’lumotlar restoraningizdagi kompyuterda saqlanadi. Internet uzilsa ham buyurtma, to‘lov va chek to‘xtamaydi.
Kassa, ofitsiant, oshxona, ombor, dastavka va hisobotlar — barchasi bitta dasturda. Internet uzilsa ham restoraningiz to‘xtamaydi.
Karta ma’lumoti shart emas · Windows 10 / 11 · O‘zbek, кирилл, русский
Har kungi ishni tezlashtiradi, xatolarni kamaytiradi va siz yo‘q paytda ham nazoratni qo‘lingizda saqlaydi.
Ma’lumotlar restoraningizdagi kompyuterda saqlanadi. Internet uzilsa ham buyurtma, to‘lov va chek to‘xtamaydi.
Kassa, ofitsiant, oshxona, bar, ombor va dastavka bir-biri bilan bog‘langan — ma’lumot bir joyga yoziladi.
Har bir xodim o‘z PIN kodi bilan kiradi. Chegirma, bekor qilish va qaytarishlar jurnalga yoziladi.
Smena yopilganda Z-hisobot, kassadagi kamomad va muhim amallar haqida xabar egasining Telegramiga keladi.
Ofitsiant buyurtmani telefondan yuboradi, oshxona darhol ko‘radi, taom tayyor bo‘lsa signal keladi.
So‘mda hisob, MXIK kodlari va QQS, o‘zbek (lotin, kirill) va rus tili, istalgan to‘lov turi: Click, Payme, Uzcard, Humo.
Kassir, ofitsiant, oshpaz va egasi — har kim faqat o‘ziga kerakli ekranni ko‘radi.
Stol, Saboy (olib ketish) va dastavka buyurtmalari bitta oynada. To‘lovni bir bosishda qabul qilasiz.
Ofitsiant oddiy telefon brauzerida ishlaydi — hech narsa o‘rnatish shart emas. Restoran Wi-Fi’sida ishlaydi.
Lag‘mon × 2
Manti × 6
Osh × 3
Salat × 2
Osh × 2
TayyorBuyurtma oshxona ekraniga va printeriga tushadi. Ichimliklar alohida bar printeriga chiqadi.
Osh
45 000Shashlik
22 000Somsa
9 000Salat
18 000Jami: 91 000 so‘m · Karta
Kuryer yo‘lga chiqqanda xabar beramiz.
Buyurtmangiz 15–20 daqiqada yetadi.
Telegram botingizda rasmli menyu ochiladi: mijoz taom tanlaydi, lokatsiyasini yuboradi va to‘lov turini belgilaydi. Buyurtma to‘g‘ri kassaga tushadi.
Taom sotilganda retsept bo‘yicha mahsulot ombordan avtomatik ayriladi. Qaysi taom ko‘p sotilishi va qaysi soatda tushum yuqoriligi aniq ko‘rinadi.
Kichik qahvaxonadan katta restorangacha — JKHPOS ish uslubingizga moslashadi.
Tez kassa, olib ketish buyurtmalari va bonus kartalari.
Navbatsiz xizmat: kassa → oshxona ekrani → tayyor signal.
Zallar, stollar, ofitsiant telefonlari, bar va bron.
Vazn bo‘yicha sotish, katta stollar va xizmat foizi.
Telegram orqali buyurtma, kuryerlar va mijozlar bazasi.
Ombor, retseptlar va kunlik qoldiq nazorati.
Telegram yoki telefon orqali yozing — restoraningizga mos tarifni birga tanlaymiz.
Dasturni kompyuterlarga o‘rnatamiz, menyu, stollar va printerlarni sozlaymiz.
Kassir, ofitsiant va oshpazlarga ishlashni ko‘rsatib beramiz — bir necha soat yetadi.
15 kun bepul. Yoqsa — abonement to‘laysiz, ma’lumotlar o‘chmasdan davom etadi.
Oylik abonement. Tarifni istalgan vaqtda o‘zgartirasiz. Birinchi 15 kun — bepul.
Kichik kafe, qahvaxona va fastfud uchun
O‘rta kafe va restoranlar uchun
Start’dagi hammasi, shuningdek:
Restoranlar va dastavka xizmati uchun
Standart’dagi hammasi, shuningdek:
Katta restoranlar uchun
Pro’dagi hammasi, shuningdek:
Dasturni o‘rnatganingizdan keyin 15 kun davomida barcha imkoniyatlar bepul ochiq bo‘ladi. Sinov tugagach, abonement to‘laysiz va dastur shu ma’lumotlar bilan ishlashda davom etadi.
Ha. Kassa, ofitsiant va oshxona restoran ichidagi tarmoqda ishlaydi. Internet faqat Telegram buyurtmalar, hisobotlar, yangilanish va litsenziyani vaqti-vaqti bilan tekshirish uchun kerak.
Windows 10 yoki 11 o‘rnatilgan kompyuter yoki sensorli monoblok, 58 mm yoki 80 mm termoprinter. Ofitsiantlar o‘z telefonidan foydalanadi.
Abonement oyma-oy yoki bir yilga oldindan to‘lanadi — yillik to‘lovda 2 oy bepul. To‘lovdan keyin litsenziya kaliti beriladi.
Ma’lumotlar kompyuteringizda qoladi va o‘chmaydi. Abonement yangilangach dastur xuddi shu ma’lumotlar bilan davom etadi.
Yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — restoraningizga kelib, o‘rnatib, sozlab va xodimlaringizni o‘rgatib beramiz. Birinchi 15 kun bepul.